Shumaxerdan sekin-asta yuz o‘girishmoqda

BEPUL PROPAN
 

"Formula-1" poygalarining afsonaviy piloti Mixael Shumaxer boshidan olgan jarohatidan hali tiklanib ulgurgani yo‘q. Etti karra jahon chempionining chang‘i kurortida olgan jarohatdan oyoqqa turishi ancha qiyin kechmoqda.

O‘z vaqtida Shumaxer bilan hamkorlikka bel bog‘lagan homiy tashkilotlar birin-ketin mashhur poygachidan yuz o‘girmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, nufuzli soatlarni ishlab chiqaruvchi Audemars Piguet va Germaniyada eshik yasovchi Hormann kompaniyalar pilot bilan hamkorlikni davom ettirmaydigan bo‘ldi.

Audemars Piguet brendi jahon chempioni Mixael Shumaxer sharafiga nomlangan soatlarni ishlab chiqarishni ham to‘xtatdi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!