Simona Xalepni tashlab ketishdi
Ruminiyalik tennischi Simona Xalep yangi mavsumni murabbiysiz boshlashi haqila xabar berdi.
Simona noyabr oyining boshlarida murabbiy Darren Kexill bilan hamkorlikni to‘xtatgan. Bunga sabab Darrening oilaviy muammolaridir.
Xalep va Kexill to‘rt yil davomida birga ishlashdi. Bu davr mobaynida Simona WTA reytingining birinchi pog‘onasiga ko‘tarilib oldi va "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turnirida g‘olib bo‘ldi.
" Men o‘zimga yangi murabbiy qidirishni o‘ylamoqdaman. Lekin yangi mavsumni murabbiysiz boshlash niyatidaman", — deydi Xalep.
Fikrlar