Soyib polvondan omad yuz o‘girdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Gruziyaning Tbilisi shahri mezbonlik qilgan Gran-Pri turnirida 100 kilogramm vao‘n toifasida ishtirok etgan Soyib Qurbonov terma jamoamiz hisobiga bronza medal keltirish imkoniyatidan foydalana olmadi.

 

Sovrinli o‘rin uchun kurashda avval Birlashgan Arab Amirliklari vakili Ivan Romarenkoni mag‘lubiyatga uchratgan hamyurtimiz hal qiluvchi bellashuvda latviyalik Evgeniy Borodavkoga qarshi tatamiga chiqdi.

Ushbu bahsda raqibini kichik ustunlikda mag‘lub etgan evropalik dzyudochi bronza medalga ega chiqdi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!