Sportchi qizlar Prezident sovg‘asini oldi

CHERY AUTO

 

Tecno
 

Buxoro viloyatidagi umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan o‘quvchi qizlariga Prezident sovg‘asi – sport liboslari topshirildi.

Buxoro viloyatida bugungi kunda umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olayotgan qizlarning 13 ming 860 nafardan ziyodi sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda. “Humo” sport majmuasida doimiy shug‘ullanayotgan 450 nafarga yaqin qizga Prezident sovg‘asi – sport liboslari topshirildi. Ular orasida turli xalqaro musobaqalar g‘oliblari ham bor.

– Prezident sovg‘asi mamlakatimizda yoshlar kamolotiga ko‘rsatilayotgan doimiy e’tiborning yana bir amaliy ifodasidir, – deydi badiiy gimnastikachi Jasmina Ahtamova. – Men 2016 yili Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldim. Joriy yilda bundan-da yuksak marralarni ko‘zlaganman.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!