
Stefanos Tsitsipas olg‘a yurishda davom etmoqda
Gretsiyalik tennischi Stefanos Tsitsipas Dubay shahrida o‘tayotgan chempionatning yarim final bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi.
Stefanos mazkur musobaqaning chorak finalida polshalik Xuberta Gurkach ustidan 7:6, 6:7, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa "Dubai Duty Free Tennis Championships" yarim finaliga yo‘l olgan Tsitsipas, endi frantsiyalik Gael Monfisga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar