“Tashkent Challenger”. Istomin yarim finalda!
Xabaringiz bor ayni kunlarda Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida mukofot jamg‘armasi 150 000 AQSh dollarini tashkil etadigan “Tashkent Challenger” turniri davom etmoqda.
Hozirgina markaziy kortda O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin hamda Vladimir Ignatik(Belarus) o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
1 soat 8 daqiqa davom etgan qarama-qarshilikda tennischimiz har ikki setni bir xil – 6:3, 6:3 hisobida o‘z foydasiga hal etdi va yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Fikrlar