
Tennis malikalari Xitoyda jam bo‘lishdi
Xitoyning Chjuxay shahrida 30 oktyabr kunidan 4 noyabr kuniga qadara ayollar o‘rtasida tennis bo‘yicha WTA tomonidan kichik yakuniy turnir o‘tkaziladi.
Unda o‘n ikki nafar tennischi, to‘rt guruhga bo‘lingan holda o‘zaro raqobatlashadi. Musobaqaning "Azaliya" guruhidan rossiyalik Darya Kasatkina, amerikalik Medison Kiz va xitoylik Tszyan Van joy oldi.
"Kameliya" guruhida latviyalik Anastasiya Sevastova, ispaniyalik Garbin Mugurusa va xitoylik Jan Shuay kuch sinashsa, "Orxideya" guruhida belaruslik Arina Sobolenko, frantsiyalik Karolin Garsiya va avstraliyalik Eshli Barti bahslashadi.
Shuningdek "Atirgul" guruhida belgiyalik Elize Mertens, germaniyalik Yuliya Gyorges va estoniyalik Anett Kontaveyt joy olgan bo‘lib, bosh sovrin uchun bellashadi.
Fikrlar