Viktoriya Azarenko: “Australian Open” direktoridan minnatdorman

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Belaruslik Viktoriya Azarenko “Australian Open” tashkilotchilariga “wild card” taqdim qilganlari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

“ “Australian Open”  turnirida ishtirok etish imkoniyati tug‘ilganidan baxtiyorman. Men bu turnirni juda yaxshi ko‘raman. 2017 yilgi mavsum men uchun oson o‘tmadi. Yangi mavsumni Avstraliya ochiq chempionatidan boshlash ajoyib bo‘ladi.

Musobaqa direktori Til Kreyg va uning jamoasidan meni qullab-quvvatlagani uchun ulardan minnatdorman. Avstraliyalik muxlislarim bilan uchrashishni sabrsizlik bilan kutib qolaman”, - deydi Viktoriya Azarenko.

Sports.uz

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!