Xabibulina Turkiyada g‘olib bo‘ldi
Turkiyaning Antalya shahrida mukofot jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnir yakuniga etdi.
Hamyurtimiz Albina Xabibulina mazkur turnirning juftlik bahslarida g‘alabaga erishdi. U sherigi Ipek Oz bilan finalda Luka-Reka Yani(Polsha)/Sofiya Kovalets(Ukraina)ga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 42 daqiqa davom etgan qarama-qarshilikda Albina/Ipek dueti 7:5, 1:6, 11:9 hisobida g‘alaba qozondi va juftlik bahslarida g‘oliblikka erishdi.

Fikrlar