Yafan Van muxlislarini xursand qildi
Xitoylik tennischi Yafan Van o‘z yurtida o‘tayotgan "Shenzhen Open" turnirining yarim final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Van Shenchjenda o‘tayotgan musobaqaning 1/4 final bosqichida ruminiyalik Monika Nikuleskuni 2:6, 7:6, 6:1 hisobida taslim qildi.
Yafan endi so‘nggi hal qiluvchi final bosqichiga chiqish uchun belaruslik Arina Sobolenkoga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar