
Yangi Zelandiya qizlari chempion bo‘ldi
AQShning Kolorado shtatida ayollar o‘rtasida Regbi-7 bo‘yicha o‘tkazilgan jahon seriyasida g‘olib nomi aniqlandi.
Mazkur musobaqaning final uchrashuvida Yangi Zelandiya terma jamoasi AQShni 33:7 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin uchun o‘tgan o‘yinda Kanada qizlari Frantsiya ustidan 28:0 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa Yangi Zelandiya ayollar terma jamoasi musobaqa g‘olibiga aylandi. Shuningdek, AQSh ikkinchi, Kanada esa uchinchi pog‘onadan joy oldi.
Fikrlar