Yosh dzyudochilar bahsga kirishdi
Nukus shahrida dzyudo bo‘yicha 2000-2001 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati boshlandi.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mamlakat chempionatida yurtimizning barcha hududlaridan 600 nafardan ziyod dzyudochi g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.
Ushbu musobaqada o‘z vazn toifasida sovrinli o‘rinlarni egallagan va o‘z mahoratini namoyish etgan dzyuchilari joriy mavsumda xalqaro miqyosida tashkil etiladigan musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Fikrlar