
Abduqodir Husanov ramziy jamoada!
Xabaringiz bor, "Manchester Siti" Angliya kubogi doirasida "Leyton Orient" bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Mazkur bellashuvning ikkinchi bo‘limida hamyurtimiz Abduqodir Husanov zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, uchrashuvning 56-daqiqasida gol kiritishga muvaffaq bo‘lgandi.
"Sofascore" statistik portaliga ko‘ra, Abduqodir Husanov Angliya kubogining ramziy terma jamoasidan joy oldi.
Fikrlar