Adeyemi "Borussiya"dan "Barselona"ga o'tdi

  • 23.07.2026 16:07
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniya terma jamoasi hujumchisi Karim Adeyemi rasmiy "Barselona" safiga o‘tdi. U dortmundlik "Borussiya"dan Ispaniya chempioni tarkibiga qo‘shildi.

"Barselona" rasmiy saytida berilgan ma’lumotga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 2031 yilga qadar mo‘ljallangan.

Ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar bu transfer uchun "Borussiya"ga 22 million yevro to‘laydi, shartnomada yana 7 million yevro miqdorida bonuslar ham ko‘zda tutilgan. Bu haqida sport jurnalisti Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.

Karim Adeyemi o‘tgan mavsumda "Borussiya" tarkibida 39 o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi. Germaniya terma jamoasi safida esa 11 ta uchrashuvda ishtirok etgan va bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!