Afrika Kubogi. Obameyangning goli Gabonga g‘alaba keltirmadi
Afrika Millatlar Kubogi “A” guruhi 1-turida Gabon terma jamoasi Gvineya-Bisauga qarshi bahs olib bordi.
Qiziqarli va kurashlarga boy kechgan o‘yinda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. Uchrashuvning 52-daqiqasida Obameyang Gabonni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, o‘yin yakunida Juari hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa tomonlar durang natijani qayd etib, 1 ochkodan ega bo‘lishdi.

Gabon – Gvineya-Bisau 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 52 Obameyang, 1:1 – 90 Juari.
Gabon – Ovono, Appindangoye, Manga, Obiang, Palyun, Buanga, Tanjigora (Biyogo-Poko, 84), Ndong, Lemina (Kanga, 73), Obameyang, Evuna (Kevin, 88).
Gvineya-Bisau – Jonash, Juari, Soaresh, Dabo, Rudinilson, Zezinyu, Silva, Nani, Fransishku (Balde, 74), Joau Mariu (Piketi, 61), Kamara (Mendi, 66).
Ogohlantirishlar: Obiang (66), Soaresh (76).



Fikrlar