Aguero gol urmagan bir jamoa qoldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero Angliya premer ligasida ishtirok etgan 30 ta jamoadan 29 tasining darvozasini ishg‘ol qildi.
 
Argentinalik hujumchi bu natijaga Angliya chempionatining 13-turida "Byornli" darvozasiga g‘alaba to‘pini kiritgach erishdi.
 
28-yoshli argentinalik to‘purarning gollaridan omon qolgan yagona jamoa "Bolton" hisoblanadi. Serxio faqat shu jamoa darvozasiga yo‘l topa olmagan. Bu argentinalik futbolchiga armon bo‘lib qoladi. Chunki "Bolton" to‘rt yil avval premer-ligani tark etgan va ayni paytda uchinchi divizionda o‘ynamoqda va yaqin yillar ichida premer-ligaga qaytolmaydi.
 
Aguero "Manchester Siti" klubida 2011 yildan buyon to‘p surmoqda.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!