Ahvolimiz rasvo!

  • 4 sentabr, 2023, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionatida ishtirok etayotgan “Lill” jamoasi bosh murabbiyi Paulu Fonseka klubning yozgi transferlar vaqtida samarasiz ishlaganini keskin tanqid qildi.

- Tan olaman, qattiq g‘azabdaman. “Lill”  faqatgina bitta hujumchisi bo‘lgan Frantsiyadagi yagona jamoa bo‘lsa kerak.

Shu bois biz o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan jamoalarni enga olmayapmiz, - dedi Paulu Fonseka.

Portugaliyalik mutaxassis klub hamon erkin agent maqomidagi hujumchi qidirayotganini ma’lum qildi. Shu bilan birga kerakli nomzodni to‘rt oydan beri topa olmayotganini ham tanqid qilib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!