
Akmal Rustamov: "Jamoada yangi qon bo‘lsa, o‘zgarish bo‘ladi"
“Sho‘rtan” – “Qizilqum” (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlarning vaqtinchalik bosh murabbiyi Akmal Rustamov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Guvohi bo‘lganinglardek, og‘ir o‘yin bo‘ldi. “Neftchi” bilan uchrashuvdan keyin futbolchilarimizda toliqish asoratlari bor edi. Shunga qaramay, “Sho‘rtan”ga qarshi o‘yin uchun yaxshi tayyorgarlik olib bordik. Bugungi o‘yinga kelsak, omad biz tomonda bo‘ldi, deb o‘ylayman. Birinchi bo‘limda ko‘p vaziyatlarni yaratdik, lekin foydalana olmadik. Gol ham urdik, ammo birinchi bo‘lim oxirida gol ham o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda omad biz tomonda edi, barcha futbolchilarimizga rahmat aytaman, borlarini berishdi. Yigitlardan roziman.
- Jamoani yozgi yig‘in rejasi qanday? Tarkibda qanaqa o‘zgarishlar bo‘ladi?
- Birinchi davrani yakunlab oldik, Xudoga shukr. Ikkinchi davra oldidan ozgina o‘zgarishlar bo‘ladi. O‘zgarishlar bo‘lgach, matbuotda chiqadi. Jamoada yangi qon bo‘lsa, o‘zgarish bo‘ladi. Bir oy vaqtimiz bor, ishlaymiz. Ikkinchi davraga tayyorgarlikni 12-13 iyuldan boshlaymiz.
- Yig‘in qaerda bo‘ladi?
- 10 kunlik mashg‘ulotimiz Navoiyda bo‘lsa, qolgan kunlarni Toshkentda o‘tkazish bo‘yicha reja qilganmiz. Fursatdan foydalanib, Navoiydan kelib jamoamizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat.
Fikrlar