«Al-Ahli» Kessini qaytarib olishi mumkin
Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» klubi yarim himoyachi Frank Kessini jamoaga qayta olib kelish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida sport jurnalisti Rudi Galetti xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, jamoa rahbariyati Kessini rasmiy ketgani e’lon qilinganidan ortidan oradan faqat bir necha hafta o‘tishiga qaramay, uni yana taklif etish masalasini o‘rganayotgani aytilmoqda. Shu bilan birga, klub ichida bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamaydiganlar ham borligi qayd etilgan.
Frank Kessi «Al-Ahli» safida 2023 yildan 2026 yilgacha to‘p surgan. Ushbu davr mobaynida 29 yoshli yarim himoyachi 119 ta uchrashuvda maydonga tushib, 26 ta gol urgan va 14 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Avvalroq Kessining xizmatlariga Turinining «Yuventus» klubi ham qiziqish bildirgani haqida ma’lum qilingan edi.

Fikrlar