
“Al-Hilol” Neymarga ishonmadi!
Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi yulduzi Neymar klub rahbariyatiga yanvarda jamoani tark etmoqchi ekanini ma’lum qildi.
Sky Sports nashrining yozishicha, braziliyalik hujumchi jamoadoshlariga MLS chempionatiga ko‘chib o‘tmoqchi ekanini aytgan.
Neymar anchadan beri “Barselona”dagi sobiq jamoadoshlari Lionel Messi va Luis Suares bilan birga afsonaviy hujum uchligini qayta tiklashni orzu qilyapti. Agar Neymar tez orada “Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tadigan bo‘lsa, bu orzusini ro‘yobga chiqarishi imkoni bor.
Shunga qaramay, “Al-Hilol” mutasaddilari Neymarning ketishi haqidagi gaplarga ishonmadi. Ular katta maosh olayotgan braziliyalik yulduz shu yo‘l bilan yozda tugaydigan shartnomasini uzaytirishga erishmoqchi, degan fikrda.
“Al-Hilol” ketma-ket jarohatlar tufayli jamoaga deyarli yordami tegmayotgan Neymar bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi emas.
Fikrlar