Aleks Pereyra UFC rekordini yangiladi !
Yarim og‘ir vaznda (93 kg) UFC chempioni Aleks Pereyra Xalil Rauntriga qarshi bahsda g‘alaba qozonib, UFC rekordini yangiladi. Ya’ni u eng qisqa vaqt – 175 kun ichida 3 marotaba kamar himoyasini o‘tkazgan yagona jangchiga aylandi.
Undan avvalgi rekord ayollar super engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Ronda Rouziga tegishli bo‘lib, u 189 kun ichida uch marta chempionlikni himoya qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Solt-Leyk-Siti shahrida o‘tkazilgan "UFC 307" turnirida Aleks Pereyra 4-raundda Xalil Rauntrini texnik nokautga uchratdi.

Fikrlar