
Aleksandr Pantojaning keyingi raqibi Ramazon Temirovmi?
13 aprel kuni Mayamida bo‘lib o‘tadigan "UFC 314" turnirida super engil vazn toifasida (57 kg) amaldagi chempion Aleksandr Pantoja (29-5) o‘z kamarini himoya qiladi, deb xabar bermoqda "MMA News".
Afsuski, braziliyalikning keyingi raqibi Ramazon Temirov emas, aksincha reytingda to‘rtinchi o‘rinni egallab turgan yangi zelandiyalik Kay Kara-Frans (25-11-1 N/C) bo‘lishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli Kay "UFC 305" turnirida avstraliyalik Stiv Ertsegni 1-raundda texnik nokaut evaziga mag‘lub etgandi.
Fikrlar