Allegri bugun Ronalduning gol urishiga ishonmoqda

  • 16 sentabr, 2018, 12:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu bugun “Sassuolo”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda o‘zining debyut golini urishini kutmoqda.

Tecno

“Ronaldu o‘z ustida yaxshi ishlamoqda va u bugun gol uradi deb o‘ylayman. Men undan o‘tgan uchta turda ko‘rsatgan o‘yinidan ko‘proq yoki ozroq narsa kutmayapman. Bugun u albatta raqib darvozasini ishg‘ol qiladi”, - deydi tajribali mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu A Seriyaning o‘tgan 3ta o‘yinida ham gol urishni uddalay olmagan edi.

Ma’lumot uchun, “Yuventus” – “Sassuolo” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!