Alonso "Chelsi"ning asosiy muammosini ko‘rsatdi

  • 16.10.2026 20:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso joriy mavsumda APLda jamoaning hujumdagi ko‘rsatkichlari haqida fikr bildirdi.

Londondiklar chempionatning dastlabki olti turida 15 ta gol urishga erishdi. Shu bilan birga, Alonso shogirdlari o‘z darvozalarida 13 ta to‘p o‘tkazib yuborishdi.

- Umid qilamanki, shu ruhda davom etamiz. Bu – bizning asosiy maqsadimiz. Juda ko‘p gol o‘tkazib yubormaslik kerakligi haqida jamoa bilan ko‘p marta gaplashganmiz. 

Agar hujumdagi hozirgi samaradorligimizni saqlab qolsak yoki yanada oshirsak va shu bilan birga kamroq gol o‘tkaza boshlasak, turnir jadvalidagi holatimiz albatta yaxshilanadi. 

Lekin biz har bir o‘yinga alohida tayyorgarlik ko‘rib, qadamma-qadam olga borishimiz kerak. Ertangi bahs oson bo‘lmaydi, ammo bu uchrashuvni katta qiziqish bilan kutyapmiz, - deya Alonsoning so‘zlarini keltiradi BBC.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi turda «Chelsi» mehmonda «Bornmut»ni yirik 5:1 hisobida mag‘lub etgan edi. Endilikda londondiklarning navbatdagi raqibi «Everton» bo‘ladi. Uchrashuv 17 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!