
Alonso: "Har bir o‘yin finalga teng"
Xabi Alonso "Yuventus"ga qarshi bo‘ladigan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Guruhdan chiqishingiz bilan har bir o‘yin deyarli final darajasiga ko‘tariladi. "Yuventus" Evropada boy tarixga ega klub.
"Siti"ga qarshi o‘yin natijasi ahamiyatsiz, ularning jamoasi a’lo darajada va bu juda murakkab o‘yin bo‘ladi, - dedi "Real"ning bosh murabbiyi.
Ma’lumot uchun, "Real Madrid" jamoasi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 1/8 finalida Turin jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.
Fikrlar