Alonso: Qanaqa “Barsa”, joyinga qolasan!

  • 19.05.2026 09:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi”ga bosh murabbiy etib tayinlangan Xabi Alonso tarkib bilan ishlashni boshlab yubordi. Xususan, ispaniyalik mutaxassis jamoa yetakchi hujumchisi Joao Pedro bo‘yicha qaror qabul qildi.

“Chelsi” hujumchisi Joao Pedroga “Barselona” qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi forvardni yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Robert Levandovskining o‘rniga nomzod sifatida ko‘rmoqda

Forvardning o‘zi ham kelasi mavsum Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etish maqsadida Ispaniya chempioni safiga qo‘shilish istagini bildirgan.

Speedline nashri ma'lumotiga ko‘ra, London klubi braziliyalik futbolchini yozgi transfer oynasida sotishni rejalashtirmayapti..

“Chelsi”ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso klub rahbariyatiga Joao Pedroni o‘z loyihasining muhim futbolchilaridan biri sifatida ko‘rayotganini bildirgan. Shu sababli u sotilmaydi.

Ushbu mavsumda Joao Pedro “Chelsi” safida barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda ishtirok etib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!