Alonso Vinisiusning “po‘stagini qoqdi”
AQSh mezbonlik qilayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining birinchi turida “Real” Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasini engolmadi.
Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan tugadi va bu natija sensatsiya sifatida qabul qilindi.
Sport.es saytining ma’lum qilishicha, “Real”ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso bu bellashuvdan keyin jamoa hujumchisi Vinisius Juniorni suhbatga chaqirib, uning kamchiliklarini aytib bergan.
Manbaning ta’kidlashicha, ispaniyalik mutaxassis braziliyalik futbolchi bevosita o‘ziga tegishli bo‘lgan vazifalarni bajarmayotganiga, xususan, raqibga nisbatan pressingda qatnashmayotganiga e’tirof bildirgan.
Bundan tashqari, Xabi Alonso Vinisius Juniorga eng avvalo jamoaviy o‘yin ko‘rsatishi va to‘psiz ishlashdan ham qochmasligi kerakligini uqtirgan.
Yangi bosh murabbiy individual harakatlarni ma’qul ko‘radigan Vinisius Juniorni jamoaviy o‘yinchiga aylantirishga urinayotgani va buning uddasidan chiqsa, “Real”ning o‘yin sifati oshishi mumkinligiga ishonayotgani aytilyapti.



Fikrlar