
Alvaresning navbatdagi raqibi ma’lum!
Super o‘rta vazn(76,2 kg) toifasida mutlaq jahon chempioni Saul Alvares yaqin orada navbatdagi jangini e’lon qilishi haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi. Darhol bir qancha manbalar "Kanelo"ning raqibi uning hamyurti Xayme Mungiya bo‘lishini da’vo qila boshladi. Biroq, keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bu ma’lumot haqiqat bo‘lib chiqmadi. Saulning raqibi amerikalik bokschi bo‘ladi.
"Alvaresning navbatdagi jang sanasi va o‘tkazilish joyi allaqachon ma’lum, biroq to‘rt divizion chempioni meksikalik bilan emas, balki amerikalik bilan to‘qnash kelishini ham ta’kidlab o‘tdi", - deb yozadi BoxingScene Alvaresning TV Azteca telekanaliga bergan intervyusiga tayanib.
Eslatib o‘tamiz, Saul Alvares(60-2-2, 39 KO) o‘zining so‘nggi jangida Jermel Charlo(35-2-1, 19 KO) ustidan hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar