Amerika oligarxlar qo‘lida!
O‘rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Shon Striklend AQSh siyosatini keskin tanqid qildi. Uning ta'kidlashicha, mamlakatda hokimiyat va yirik boylik bir nechta manfaatdor guruh qo‘lida jamlangan.
"Amerika oligarxlar ta'siriga to‘liq chalingan. Ular o‘zini boylar hukmronligiga asoslangan tuzum ortiga yashirmoqda. Yaqin Sharqdagi urushlar, sog‘liqni saqlash tizimi, Eron bilan urush — bularning barchasi yashirin oligarxlar manfaatiga xizmat qiladi. Eng katta aldov shundaki, bularni bizga kapitalizm deb ko‘rsatishmoqda va go‘yo bunga bizning ajdodlarimiz ham rozi bo‘lgan. Yo‘q, ular bunday tuzumni hech qachon qo‘llab-quvvatlamasdi", — deb yozdi Striklend ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Striklend oxirgi jangida Hamzat Chimaevni yengib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.

Fikrlar