"Andijon" navbatdagi turga tayyorgarlikni boshladi

  • 25 aprel, 2017, 08:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kecha «Andijon» birinchi liganing 5-turida «UzDongJu» jamoasini 2:0 hisobida taslim etib, mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. Endi navbatdagi turdagi raqibimiz - Quvasoyning «Tsementchi» jamoasidir. Abdumalik Hakimov boshchiligidagi ushbu jamoa ayni damda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, deya klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

 «Andijon» bilan o‘rtadagi ochkolar farqi ikkitani tashkil etayotganini ham aytish lozim. Quvasoyliklar bugungacha 5ta o‘yin o‘tkazib  yuz foizli natija ko‘rsatib kelmoqda. Shu bois aytish mumkinki, 26  aprel kuni Quvasoyda bo‘lib o‘tadigan «Tsementchi» - «Andijon» uchrashuvi keskin va murosasiz tarzda o‘tishi turgan gap. «Burgutlar» ustozi Vitaliy Legay kechagi o‘yindan so‘ng futbolchilarga dam bermadi va navbatdagi muhim bellashuvga tayyorgarlikka kirishildi. Bugun ertalab o‘tkazilgan mashg‘ulotda murabbiylar ayrim futbolchilar bilan tiklanish mashg‘ulotini olib borgan bo‘lsa, qolganlar to‘liq kuch bilan astoydil shug‘ullandi. Tarkibda Abdukarim Muhamedovdan boshqa yo‘qotishlar yo‘q. Iqtidorli posbon «UzDongJu» bilan o‘yindan oldingi mashg‘ulotda kutilmaganda oyog‘idan jaroxat olib, bir necha oyga safdan chiqdi. Qolgan futbolchilarimiz soppa-sog‘ va ular bo‘lajak jiddiy o‘yinga jangavor tayyorgarlik va yuqori kayfiyatda deyish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, birinchi liganing ushbu markaziy uchrashuvi 26 aprel, chorshanba kuni Quvasoy shahridagi «Tsementchi» stadionida soat 16:30da boshlanadi. Ishqibozlarimizni qiziqarli kechishi kutilayotgan o‘yinga taklif etib qolamiz. Zero, «Tsementchi»ga qarshi uchrashuvda muxlislar daldasi jamoamiz uchun muhimdir. Shunday ekan, biz sizlarni stadionda kutamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!