
Andrey Miklyaev: Yomon o‘ynab, g‘alaba qozondik
Oliy Liga 6-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Nasaf” (2:1) uchrashuvidan keyin tashkish etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Lokomotiv” ustozi Andrey Miklyaev quyidagi fikrlarni bildirdi.
“Birinchi bo‘limda juda yomon o‘ynadik, menga bugungi o‘yin yoqmadi. “Istiqlol”ga qarshi bahsda katta kuch yo‘qotgandik, shuning uchun bugun yaxshi o‘ynay olmadik. Yomon o‘ynab g‘alabaga erishdik. Bosh raqobatchimizni mag‘lub eta oldik.
Kaxi Maxaradze ayni paytda yaxshi sport formasida emas. Ammo tarkibimizda Timur Kapadze va Salamat Qutiboevlar ham yo‘q. Shu bois markazda yo‘qotishlarga egamiz. Jarohat olgan futbolchilar tezroq safga qaytishlarini kutayapmiz. Buning ustiga biz uchun o‘yinlar taqvimi ham juda zich. Vaholanki, yana to‘rt kundan keyin o‘yinimiz bor”, – deb Andrey Miklyaev so‘zlaridan iqtibos keltiradi qarshiliklar matbuot xizmati.
Fikrlar