Anna Blinkova Amerikada finalga chiqdi

  • 8 sentabr, 2019, 10:37
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Nyu-Xeyven shahrida ayollar o‘rtasida o‘tayotgan "Chellenjer" musobaqasining yarim final uchrashuvining dastlabki o‘yini o‘tkazildi.

Yarim finalning birinchi uchrashuvida rossiyalik tennischi Anna Blinkova hamda amerikalik Loren Devis o‘zaro kuch sinashdi. Unda Anna raqibini har ikkala setda bir xil 6:2 hisobida taslim qildi.

Shu tariqa Blinkova AQShda o‘tayotgan musobaqaning finalida britaniyalik Xizer Uotson, yoki amerikalik Usu Arkonada bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!