Argentina mag‘lubiyatida Messini ayblashdi
Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi sobiq hujumchisi Andrey Arshavin 2026 yildgi jahon chempionati finalida Argentina terma jamoasi yetakchisi Lionel Messi o‘z jamoasini qiyin ahvolda qoldirganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, hal qiluvchi bellashuvda Ispaniya terma jamoasi argentinaliklar ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
- Messining o‘yini o‘xshamadi, unga to‘p yetib bormadi. Albatta, u orqaga qaytib to‘p olib kela olmasdi, kuchini o‘yin oxiri uchun asrab yurdi. Lekin oxir-oqibat u jamoani qiyin ahvolda qoldirdi, chunki argentinaliklarga maydonda deyarli to‘qqiz kishi bo‘lib himoyalanishga to‘g‘ri keldi.
To‘qqiz kishi bo‘lib har qanday raqibga qarshi himoyalanish qiyin, Ispaniya termasiga qarshi esa yanada og‘ir. Menimcha, aynan shu hal qiluvchi omil bo‘ldi va Ispaniya oxirigacha bosimni kuchaytirib, o‘zinikiga erishdi. Argentina terma jamoasi penaltilar seriyasiga umid qilgandek tuyuldi, — dedi Arshavin «Match TV» dasturi efirida.
Uchrashuvning 90+3-daqiqasida Argentina tarkibida maydondagi vaziyat yanada og‘irlashdi: Enzo Fernandez ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi. Qo‘shimcha bo‘limda, 106-daqiqada esa Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ferran Torres yagona va g‘alaba golini urdi.

Fikrlar