Argentina muxlislari o‘qqa tutildi

  • 23.07.2026 10:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentina futbolida faoliyat yurituvchi «Tigre» klubi muxlislari ketayotgan avtobusga Janubiy Amerika kubogi uchrashuvidan so‘ng o‘q uzildi. Bu haqida TyC Sports nashri xabar berdi.

1/16 final doirasidan o‘rin olgan ilk bahs Montevideoda o‘tkazildi va unda «Tigre» mezbon jamoa  «Nasyonal» ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan keyin, tun yarmida shaharni tark etayotgan muxlislar avtobusi noma’lum shaxslar tomonidan o‘qqa tutilgan.

Manbalarga ko‘ra, hujum natijasida bir nafar muxlis yaralangan. U qo‘lidan o‘q yeb, shifoxonaga yetkazilgan. Dastlabki tibbiy yordam va davolanishdan so‘ng u kasalxonadan chiqarilgan, klub esa uning Buenos‑Ayresga qaytib borishini tashkil etgan.

«Tigre» klubi sodir bo‘lgan voqeaga ijtimoiy tarmoqlarda munosabat bildirdi. Baynotda shunday deyiladi: «Biz har qanday zo‘ravonlikni keskin qora laymiz. Futbol bayram bo‘lishi kerak. Hech qanday sharoitda bizning odamlarimiz xavf ostida qolishini qabul qilib bo‘lmaydi».

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!