
Arina Sobolenko ilk davrada qoqildi
London shahrida bugun boshlangan "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" turnirida dastlabki natijalar qayt etildi.
Unga ko‘ra, belaruslik Arina Sobolenko ilk bosqichda slovakiyalik Magdalena Ribarikovaga qarshi kortga chiqib, yakunda 2:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa "Wimbledon" chempionatining ikkinchi davrasida Ribarikova amerikalik Vinus Uilyams va Kori Goff uchrashuvi holibiga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar