"Arsenal"dan hech qaerga ketmayman!

  • 04.07.2026 11:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Arsenal» jamoasi sardori Martin Edegor bu yozda «Galatasaray»ga o‘tishni rejalashtirayotgani yo‘q. Bu haqida goal.com sayti xabar berdi.

So‘nggi kunlarda Turkiya ommaviy axborot vositalarida «Galatasaray»ning «Arsenal» yetakchisiga qiziqayapti, degan xabarlar tarqalgan edi. Ayrim manbalar hatto futbolchi bilan klub o‘rtasida shaxsiy shartlar kelishib olinganini da’vo qildi.

Biroq goal.com manbalariga ko‘ra, bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Edegor Londonda qolishni istamoqda, «Arsenal» rahbariyati esa o‘z kapitanini jamoada saqlab qolishdan mamnun.

27 yoshli yarimhimoyachi 2021 yildan buyon «kanonirlar» sharafini himoya qilib kelmoqda. U shu vaqtgacha klub tarkibida 234 ta o‘yin o‘tkazib, 42 ta gol muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!