"Arsenal" Niko Pasni sotib olmoqchi

  • 11.09.2026 07:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» tarbiyalanuvchisi hozir «Komo» sharafini himoya qilmoqda. Londonning «Arsenal» klubi 22 yoshli argentinalik hujumkor yarimhimoyachi Niko Pasni 2027 yilda «Komo»dan olib kelish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. 

Bu haqida Bernabéu Digital nashri xabar berdi.

Biroq bu transferni amalga oshirish oson bo‘lmasligi aytilmoqda. Sababi, Madriddning «Real» klubi futbolchini qayta sotib olish huquqini saqlab qolgan. Ispaniya grandi shartnomada belgilangan bandga ko‘ra, Pasni 80 million yevro evaziga o‘z safiga qaytarib olish imkoniyatiga ega. Shu bois, «Arsenal»ning har qanday taklifi «Real» rejalariга bog‘liq bo‘lib qoladi.

Niko Pas 2024 yildan buyon «Komo» tarkibida to‘p surmoqda. U o‘tgan mavsumda jamoa bilan birga katta yutuqqa erishdi — klub Seriya A chempionatida to‘rtinchi o‘rinni egallab, kelasi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!