«Arsenal» qishda Dyo’kereshni sotishi mumkin
Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Viktor Dyokeresh qishki transferlar oynasida Londonning «Arsenal» klubini tark etishi mumkin.
Caught Offside nashri xabariga ko‘ra, 28 yoshli forvard Mikel Arteta jamoasida zahirada qolib ketayotganidan mamnun emas. Shu bois uning agentlari allaqachon Italiya ning «Yuventus» va «Milan» klublari, shuningdek Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» va «Al-Ahli» jamoalari bilan dastlabki muzokaralarni boshlab yuborgan.
«Arsenal» rahbariyati hozircha Dyokereshni sotish shart, degan fikrda emas. Klubda undan mavsum davomida foydalanish rejasi bor. Biroq qishda «kanonirlar» yangi hujumchi olishga erishsa, shved futbolchisini sotish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili londonliklar Dyokeresh transferi uchun Lissabonning «Sporting» klubiga 55 million funt to‘lagan edi.

Fikrlar