"Arsenal" Vinisiusdan umidini uzdi
Londonning «Arsenal» jamoasi «Real» yulduzi Vinisius Juniornı olish rejasini kun tartibidan chiqardi. OkDiario nashrining yozishicha, klub bir nechta omillar tufayli braziliyalik hujumchini transfer qilish variantidan voz kechgan.
Manbaga ko‘ra, avvalo, «Arsenal» rahbariyati Vinisiusning o‘zi «Real»da qolishni istashini yaxshi tushunadi. London klubi futbolchining Madrid jamoasi bilan yangi, yaxshilangan shartnoma yuzasidan muzokaralarida faqat vositaga aylanishni xohlamaydi.
Ikkinchidan, «kanonirlar» Vinisius transferi moliyaviy jihatdan juda og‘ir tushishini anglab etgan. Ham transfer narxi, ham futbolchining maoshiga doir talablar klub byudjeti uchun katta yuk bo‘lishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Shu bilan birga, xabarda qayd etilishicha, «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Vinisius Juniornı o‘z loyihasidagi eng muhim figuralardan biri deb hisoblaydi va uning jamoani tark etishini istamaydi.

Fikrlar