
“Arsenal” Xitoyda “Bavariya”ni mag‘lub etdi
Xitoyning Shanxay shahrida Xalqaro Chempionlar kubogi turniridan o‘rin olgan “Bavariya” – “Arsenal” o‘yini o‘z nihoyasiga etdi.
Uchrashuvning 9-daqiqasida Robert Levandovski myunxenliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Aleks Ivobi esa uchrashuvga hakam tomonidan qo‘shib berilgan to‘rtinchi daqiqada hisobni tenglashtirishga erishdi.
Penaltilar seriyasida esa “to‘pchilar” 3:2 hisobida ustun kelishdi va g‘alabaga erishishdi.
Xalqaro Chempionlar kubogi
“Bavariya” – “Arsenal” 1:1(penaltilar bo‘yicha 2:3)
Gollar: Levandovski(9 penaltidan) – Ivobi(90+4).
Bavariya: Shtarke (Fryuxtl, 46), Xummels, Martines (Sanshesh, 46), Rafinya (Gettse, 75), Bernat, Alaba, Tolisso (Dorsh, 75), Xames (Vinttsxaymer, 65), Myuller (Koman, 46), Riberi (Fridl, 75), Levandovski (Pantovich, 65).
Arsenal: Chex (Martines, 72), Belik (Bremoll, 46), Monreal, Meytlend-Naylz, Kolashinats (Nelson, 44), Koklen (Uillok, 46), El-Nenni, Djaka (Remzi, 62), Ozil (Ivobi, 46), Uelbek (Nketia, 72), Lyakazett (Uolkott, 46).
Fikrlar