
"Arsenal" yozda to‘purar hujumchisini sotib yubormoqchi
"Arsenal" yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida o‘zining frantsiyalik hujumchisi Aleksandr Lyakazett bilan xayrlashmoqchi.
Football London nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 29 yoshli futbolchiga "Monako"dan jiddiy qiziqish bor.
Lyakazett joriy mavsum “Arsenal” safida jami 30 ta o‘yin o‘tkazdi va o‘z hisobiga 11 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar