“Arsenal”da jiddiy yo‘qotish
Angliya Premer-ligasida etakchilik qilayotgan “Arsenal” sardori Martin Edegor bir necha hafta davomida jamoadoshlariga maydonda yordam berolmaydigan bo‘ldi.
BBC jurnalistlarining aniqlashicha, norvegiyalik pleymeykerning jarohati kutilganidan jiddiyroq bo‘lib chiqqan va u kamida to‘qqizta uchrashuvni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, Edegor Angliya Premer-ligasida “Fulxem”, “”Kristal Pelas”, “Byornli” va “Sanderlend”ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishga majbur.
Bundan tashqari, Evropa Chempionlar ligasida Madridning “Atletiko” va Praganing “Slaviya” jamoalari bilan bo‘ladigan to‘qnashuvlarda ham “kanonirlar” safida bo‘lmaydi.
Liga kubogidagi “Brayton” bilan bo‘ladigan bahs Martin Edegorsiz o‘tadi.
Martin Edegor “Real” asosiy tarkibiga kiritilmaganidan keyin 2021 yilning yozida “Arsenal”ga ko‘chib o‘tgan edi. Mahoratli yarim himoyachi londonliklar bosh murabbiyi Mikel Arteta qo‘l ostida jamoaning asosiy o‘yinchisiga aylandi.



Fikrlar