Arteta: "Bugun hamma "Bornmut" muxlisiga aylanadi"

  • 19.05.2026 11:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta “Bornmut” — “Manchester Siti” uchrashuvi oldidan hazilomuz fikr bildirdi.

19 may kuni “Bornmut” APL 37-turida “Manchester Siti”ni qabul qiladi. Agar Pep Gvardiola shogirdlari g'alaba qozona olmasa, “Arsenal” chempionlikni rasmiy qo'lga kiritadi.

Artetadan ushbu bahsda “Bornmut” muxlisi bo'ladimi deb so'ralganda, u quyidagicha javob berdi:

"Tarixdagi eng katta muxlisi bo'laman! Menimcha, bugun hammamiz “Bornmut” muxlisiga aylanamiz. Chunki ular ijobiy natija qayd etsa, bu nimani anglatishini yaxshi tushunamiz", — dedi ispaniyalik mutaxassis.

Shuningdek, Arteta “Bornmut” bosh murabbiyi Andoni Iraolaga alohida xabar yuborish niyati yo'qligini ham aytdi.

"Menimcha, unga ortiqcha gapirish shart emas. U bu klubda ajoyib ish qildi. Jamoa qanday o'zgargani va qanday futbol o'ynayotgani barchasini ko'rsatib turibdi", — deya qo'shimcha qildi Arteta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!