Artyom Filiposyan Moskvaga borib keldi
Birinchi davraning ko‘p o‘yinlarini jaroxat tufayli o‘tkazib yuborgan Artyom Filiposyan yaqinda Moskvaga borib malakali shifokorlar ko‘rigida bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mutaxassislarning aytishicha, Artyomga besh kun davomida jaroxatini davolash tavsiya qilindi. Shundan keyin 29 yoshli himoyachi induvidial mashg‘ulotlarga kirishadi.
Filiposyan ikkinchi davra o‘yinlari startiga qadar optimal sport formasiga kirishga ulguradi.



Fikrlar