Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaevning finaldagi raqibi ma’lum

  • 7 avgust, 2024, 01:37
  • Jahongir Inomjonov
  • 4
  • Olimpizm
TIGGO 2 PRO

Olimpiya o‘yinlarining boks bo‘yicha 71 kilogrammgacha vazn toifasidagi bahslarda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev 1/2 final bosqichi doirasida AQSh vakili Omari Jons bilan jang qildi. Keskin va murosasiz o‘tgan bahsda charm qo‘lqop ustamiz ochkolar hisobida g‘alaba qozondi va final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Yarim finalning ikkinchi bahsida Meksika vakili Marko Verde Buyuk Britaniyalik Levis Richardsonni mag‘lub etgan holda finalga yo‘l oldi.

Shu tariqa, charm qo‘lqop ustamiz, "Parij-2024" Olimpiya o‘yinlarining oltin medali uchun o‘tadigan uchrashuvda meksikalik Marko Verde bilan raqobatlashadigan bo‘ldi. 

Ushbu jang 9 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Dili
07/08/2024 01:57
Омад ер булсин Асадхужа
&
Адхамжон Низомов
07/08/2024 10:30
Галаба ер булсин.Омад.
Абдухаликов Мухаммад
07/08/2024 07:51
Асадхужага олтин булсин
ХОЛМУРОДОВ АМИР
07/08/2024 06:33
Браво Асадхужа биз сеига ишона миз факат олтин керак олтин омадсенга