“Atletiko” Torresga o‘rinbosar topdi
“Valensiya” klubi hujumchisi Simone Dzadza yozda jamoasini tark etishi mumkin. U bu mavsum 11 golga mualliflik qilgan. 26 yoshli italiyalik futbolchi ayni damda asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotib bo‘ldi.
“Ko‘rshapalaklar” uni erkin agentga aylanmasidan sotishni xohlamoqda. Gol Digital nashrining yozilishicha, Dzadza 5 million evro evaziga “Atletiko”ga yo‘l olishi mumkin va u erda Fernando Torres o‘rnini egallaydi.

Fikrlar