Aziz G‘aniev: Xavini Qarshida kutgan edik...

  • 12 mart, 2018, 20:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek bugun “Al Sadd” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida "ajdarlar" ustozi Ro‘ziqul Berdiev bilan birga ishtirok etgan yarim himoyachi Aziz G‘aniev ertangi muhim bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Biz ertaga bo‘ladigan o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Raqibimizning qanday o‘yin ko‘rsatishi bizga ma’lum. “Al Sadd”ning kuchli hujumchilari bor. Biz raqibimizni hurmat qilgan holda ijobiy natijani qo‘lga kiritish urinamiz. Muxlislarimiz bizdan shuni kutishmoqda.

Xaviga qarshi o‘ynash? Xavidek futbolchiga qarshi o‘ynash har bir futbolchi uchun sharaf. Biz Xavini Qarshida kutgan edik. Ammo u kelmadi. Takror aytaman, raqibimiz safida kim o‘ynashidan qatt’iy nazar, biz ertaga ijobiy natijani qo‘lga kiritish uchun o‘ynaymiz", - deydi G‘aniev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!