BAAdagi eng katta xavf bu...

  • 29 may, 13:14
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi 5 iyun kuni Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bellashuv oldidan BAAning bizga eng ko‘p xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan futbolchisi haqida gaplashamiz.  

"Al-Vasl" klubi a’zosi hisoblangan Fabiu Lima 31 yosh. Braziliyada tug‘ilgan va BAA fuqaroligiga ega. Asli hujumkor yarim himoyachi, ammo chap qanot va o‘ng qanot vingeri sifatida ham harakat qila oladi. 

Tecno

Uning "Transfermarkt" portalidagi bahosi 7 million evroni tashkil etadi. Lima joriy mavsum klub safida jami 37 ta bellashuvda maydonga tushib, 15 ta gol va 5 ta assist muallifiga aylangan. 

Shuningdek, Jahon chempionati 2026 saralash bahslarida 8 ta gol urib, 2 ta assist qayd etgan.

U O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi ilk bellashuvda maydonga tusha olmagandi. Buning o‘ziga yarasha sabablarib bor.  Biroq u 5 iyun kungi bahsda maydonga tushishi kutilyapti. 

Fabio Lima ushbu saralash tsiklida Qatarga qarshi bellashuvda poker muallifiga aylangandi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
29/05/2025 14:33
Зарарлантириш зарур!