
Bahodir Jalolov va Lazizbek Mullojonov o‘rtasidagi jang yakunlandi
Rossiyaning Xabarovsk shahrida boks bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan "Konstantin Korotkov xotira turniri" yakuniy bosqichga etib keldi.
Bugun turnirning final bosqichi bo‘lib o‘tdi. E’tiborli jihati super og‘ir vazn finalida ikki hamyurtimiz o‘rtasida ajoyib jang bo‘lib o‘tdi. Ya’ni hamyurtlarimiz Bahodir Jalolov va Lazizbek Mullojonov +92 kg vazn finalida to‘qnashishdi.
To‘liq 3 round davom etgan jangda Bahodir Jalolov hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi va turnir chempioniga aylandi.
Fikrlar