Balotelli “Real”ga o‘tmoqchi

  • 12.08.2025 12:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasi hamda “Manchester Siti”, “Inter”, “Liverpul” hamda “Milan” kabi bir qator klublarda o‘ynagan Mario Balotelli yana top-klub formasini kiymoqchi. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri ma’lum qildi.

Tecno

Ayni paytda ishsiz yurgan 34 yoshli futbolchi “Real” safiga qo‘shilishni orzu qilayotgani va bunga tayyor ekanini ta’kidladi.

-  Orzum – “Real” tarkibida to‘p tepish. Hozir menga ishonch bildiradigan jamoa qidiryapman. Futbolchilik faoliyatimni yana 2-3 yil davom ettirish niyatim bor, - dedi Mario Balotelli.

Og‘ir xarakteri bilan ko‘plab ziddiyatli vaziyatlarga duchor bo‘lib tanilgan Balotelli “top-ligalar”dan tashqari orada Turkiya va Shveytsariya chempionatida ham o‘ynadi.

Bir yil oldin “Jenoa” Balotellini A Seriyaga qaytargan edi. Biroq bor-yo‘g‘i olti marotaba maydonga tushgan futbolchi ikkita sariq kartochkadan boshqaga hech qanday samara keltirgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!